Komil Allamjonov - Allamjonov aybdor

Allamjonov aybdor
Название: Allamjonov aybdor
Автор:
Жанр: Биографии и мемуары
Серии: Нет данных
ISBN: Нет данных
Год: 2021
О чем книга "Allamjonov aybdor"

Qoʻlingizdagi kitobda mening hali unchalik uzun boʻlma- gan hayot yoʻlim aks etgan. Bu badiiy asar yoki monografiya emas. Ushbu kitobni oʻqigan yoshlarimiz oʻzlariga ozgina boʻlsa-da, motivatsiya olsalar, faqat xursand boʻlaman. Xato, kamchiliklarga duch kelsangiz, aybga buyurmaysiz.

Kitob ustida ishlash jarayonida turli fikrlar boʻldi. Xavotir, shubhalar ham tugʻildi. Biroq shaxsiy fikrimcha, agar koʻngil toza, maqsad xolis boʻlsa, Allohning Oʻzi asraydi.

Bunday kitoblar bizning yurtda ham shov-shuvli yangilik emas, odatiy hol sifatida, koʻp boʻlishi kerak. «Kitob oʻqi!», deb targʻib qilsag-u, lekin yangi(cha) kitoblarni chop etishga qoʻrqib oʻtirsak, oʻtiraveramiz. Hayotim davomida koʻp holatda Allohga tavakkal qilib, shu bugungi darajaga yetib keldim. Bu safar ham xuddi shunday qilaman. Nima boʻlsa – peshonadan.

Pandemiya davrida, uyda bekor oʻtirganda, shu kitobni yo- zishni Alloh koʻnglimga soldi. Yaxshilikka boʻlsin ilohim.

Бесплатно читать онлайн Allamjonov aybdor


Soʻzboshi

Bu kitob nega kerak?

Kitob yozishdan maqsad uchta boʻlishi mumkin. Bundan ikkisi menga taalluqli emas.

Birinchisi – pul ishlash. Menda bunday zarurat yoʻq.

Ikkinchisi – qanchalik zoʻr ekanimni butun dunyoga namoyish etish. Lekin oʻzimizda ham, chet elda ham koʻpchilik meni taniydi, borimcha biladi. Shunday ekan, hech kimni alday olmayman.

Va nihoyat, uchinchi sabab – oʻzim istagan insonlarga – oʻn beshdan oʻttiz yoshgacha boʻlgan, atrof-olamga qarab turib: «Bu yogʻiga nima qilsam ekan? Kun sayin oʻzgarib borayotgan jamiyatda qanday yashab ketaman? Orqamda turib beradigan, qoʻllaydigan odamim boʻlmasa ham yuzaga chiqa olarmikinman, kimga kerakman oʻzi? Orzularim ushalarmikin?» deb oʻylanayotgan yoshlarga muhim fikrlarni yetkazish.

Sizga oʻzim haqimda, qanday qilib oyoqqa turganim, hozirgi darajaga yetishimga nimalar turtki boʻlgani haqida gapirib bermoqchiman. Hech narsani nazardan qochirmaslikka harakat qilaman.

Bu kitobni yozishga kirishguncha oʻzimni juda omadli deb hisoblardim. Butun umr omad kulib boqqandek tuyulardi. Mana hozir ham, shinamgina uyimda, oilam davrasida oʻtirib yozyapman. Muvaffaqiyatli biznesim, qiziqarli loyihalarim bor. Peshonaning yarqiragani shu emasmi?!

Lekin boshimdan oʻtgan voqealarni birma-bir eslab, omadim chopgan paytdan koʻra ishim yurishmagan vaqtlar koʻproq boʻlganini tushundim. Bitta muvaffaqiyatga erishish uchun shunchalik koʻp muammoga duch kelgan ekanmanki, buni yuz foiz omad deb ham boʻlmaydi.

Bilasizmi, onam – doya-hamshira. Doyalarga alohida imtiyozlar berilmagan. Bittagina kafolatlangan qulaylik – farzandlarini oʻzi ishlaydigan tugʻruqxonada, ishonchli shifokorlar qoʻlida, hamkasb doʻstlari orasida dunyoga keltirish. Xullas, men tugʻiladigan paytim shuyam oʻxshamagan, onamning ishxonasi sanitariya-dezinfeksiya ishlariga – «moyka»ga yopilib qolgan.


I

Vazir keldi

Goʻdakligimda kattalarning oyogʻi ostida oʻralashib, injiqlik yoki shoʻxlik qilsam, buvim doim: «Uni tinch qoʻyinglar, urishmanglar. Bu bolam ministr boʻladi», – derdilar.

U vazir boʻladi.

Nega unday deganlarini bilmayman. Buvimning fikricha, oilamizda mendan boshqa hech kim ministr boʻlolmasdi. Avtoslesar bilan hamshiraning oʻgʻli bir kun kelib obroʻ-eʼtiborli, katta odam boʻlishini xayolga ham keltirish qiyin edi.

Oyimni savolga tutaman. Ular ham buvim nega bunday deganlarini bilmaydilar.

Mana endi, oradan oʻttiz yildan koʻproq vaqt oʻtib, OʻzMAA1 binosining xolida turibman. Ministr boʻlib. Oʻzbekiston Мatbuot va axborot agentligining direktori maqomiga koʻra vazir hisoblanadi. Kattagina binoning birinchi qavati. Devor, shiftlari toʻkilay deydi, pollari chirib yotibdi, hamma yoq vayrona, chiqindi. Hatto vazirning, yaʼni mening xonamdan kanalizatsiyaning badboʻy hidi anqiydi. Stalin davridan qolgan bu eski imorat oxirgi marta qachon taʼmirlanganini birov eslolmaydi.

Binodagi besh yuzdan ortiq xonaning deyarli hammasini ijarachilar egallab olgan. Xotin-qizlar qoʻmitasi, qaysidir partiyalar, qandaydir nashriyotlar, tadbirkorlar va yana kimlardir. Ichki hovlida mashinalar tiqilib ketgan. Hech kim menga ahamiyat bermaydi, odamlarning unisi u yoqqa, bunisi bu yoqqa oʻtib yuribdi. Ikkinchi qavatning chap qanotidagi kaftdek joy – mana shu OʻzMAA.

Meni jamoaga tanishtirish uchun Bosh vazir oʻrinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov keldi. Tanishtirdi-yu joʻnab ketdi. Majlislar zaliga tipografiyalarning yoshi oʻtib qolgan direktorlari, boshqarma boshliqlari yigʻilgan. Har biri bu tizimda salkam yarim asr – Sovet Ittifoqi davridan beri ishlab keladi. Oʻsha lahzada menga boʻlgan munosabatni aniq his qildim: goʻyo xonaga yosh bola adashib kirib qolgan-u, buvisi mehr bilan: «Bolamni urishmanglar, u vazir boʻladi», deyayotgandek. Xonadagilar menga parvo qilmay, oʻzaro gaplashib oʻtirishibdi. Eshikdan kirib kelgan yoshgina koʻzoynakli yigitchaga eʼtibor qaratgandan koʻra, yonidagi obroʻli hamkasbining suhbati muhimroq ular uchun.

Maosh tarqatish vaqti kelib qolgan, OʻzMAA hisob raqamida esa 18 million soʻm pul bor edi. Bosh buxgalterni chaqirtirdim. Nima qilamiz? Pul qani? Qanday ishlardinglar oʻzi?

– Xavotir olmang, Komil Ismoilovich, tipografiyalar bizga oborotidan 2% oʻtkazsa, maoshni yopamiz.

Bu haqda toʻliqroq maʼlumot berishni soʻrab, oʻzim uchun qiziq narsalarni bilib oldim. Toʻgʻri, tizimdagi hamma tashkilotlar OʻzMAAga boʻysunadi. Yaʼni mantiqan olganda, ular bosh idoraga gap-soʻzsiz mablagʻ oʻtkazishi shart. Ammo hech qachon bunday boʻlmagan. Bosh hisobchi har oy xodimlarga maosh toʻlash vaqti kelganda: «Iltimos, bizga mablagʻ oʻtkazib bering», – deb yalinishga tushadi. Va har gal: «Imkon tugʻilsa, beramiz. Boʻlganda olasizlar», – degan kibrli javobni eshitadi.

– Komil Ismoilovich, ularni koʻndiraman, shu paytgacha amallab kelganmiz, – dedi hisobchi meni «yupatib».

Demak, beshta nashriyot: «Oʻzbekiston», «Oʻqituvchi», «Gʻafur Gʻulom», «Choʻlpon» va «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» oldin oʻzini taroziga soladi. Oxiri rahbariyatning iltimosini bajargan boʻlib, pul oʻtkazadi, xuddi ehson qilgandek.

– Unaqasi ketmaydi, – dedim.

– Iya, Komil Ismoilovich, sohaning kitlari-ku ular! Qoʻying, aralashmang, oʻzim hal qilaman.

Bosh hisobchi yillar davomida quyi tashkilotlardan tilanib pul undirishni oddiy hol deb kelgan. U oʻzicha meni bu yoqimsiz jarayondan asramoqchi boʻldi.

Men OʻzMAAga boʻysunadigan barcha tashkilotlar rahbarlarini katta umumiy majlisga chaqirtirdim. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona direktori oʻsha zahoti ishi koʻpligi, kelishga vaqti yoʻqligini aytdi. «Qarshi boʻlmasangiz, keyin oʻzingizga alohida uchrarman, maylimi, Komiljon?»

Men belgilangan vaqtda keldim. Vazir kursisiga oʻtirdim. Odamlar xonaga kirib chiqib, u yoqdan bu yoqqa yurishibdi. Meni bir tiyinga olishmayapti, xuddi bu yerda umuman yoʻqdekman. Indamay, sabr qilib turdim. Oxiri chidolmadim:

– Marhamat qilib oʻtirib olinglar. Boshlaymiz. Bir-birimizni ozgina hurmat qilaylik.

Hamma joylashib oldi. Menga yov qarash qilib oʻtirishibdi, suhbatning beliga tepdim-da! Eng gigant nashriyot – «Oʻzbekiston»ning direktorini turgʻizdim.

– Qani, gapirib bering-chi, ishlar qanday ketyapti?

– Agar men gap boshlasam, bu yerda ertalabgacha oʻtiramiz, – javob berdi u mensimaygina.

– Kerak boʻlsa, oʻtiramiz, – dedim men. – Boshlang.

Bu haqda hozir gapirish oson, lekin tartib oʻrnatishning oʻzi boʻlmadi. Ishni OʻzMAA direktori nomidan binoda oʻtirgan barcha ijarachilarga xat yozishdan boshladim: «Tez kunda egallab turgan xonangizni boʻshatishingizni soʻrayman».

Ijara toʻlovining sharti oddiy ekan: Agentlik hisob raqamiga arzimagan mablagʻ oʻtkaziladi, qolgan pul naqd beriladi. Xomchoʻt qilib koʻrdim. Oyiga ellik ming dollardan koʻproq pul kelib turgan. Shuncha pul qayoqqa ketgan, bilmayman. Bosh ofisga pul tushadimi, yoʻqmi, hech kimni qiziqtirmagan. Bino esa xarobaga aylanib boʻlgan.


С этой книгой читают
Многотомник «Миг и вечность» посвящен рассказу о жизни и творчестве Натальи Евгеньевны Бажановой – политолога, историка, экономиста, публициста, педагога, дипломата, внесшего выдающийся вклад в изучение международных отношений, мировой экономики, этносов, стран, цивилизаций. При этом, хотя Н.Е. Бажанова находится в центре повествования, акцент сделан также на описание и анализ нашего многообразного, противоречивого, сложного и очень интересного м
В сборнике избранных стихотворений и прозы члена Союза писателей России, создателя Российского союза гидрогеологов, кандидата геолого-минералогических наук и потомственного гидрогеолога Ю. Г. Богомолова фрагментарно отражены вехи его личной, творческой и производственной жизни. Представленные читателю материалы высвечивают ряд событий, через которые прошла историческая и современная Россия за последние восемьдесят лет.В формате PDF A4 сохранен из
Магия, судьба или сила притяжения могут прочно свести двух людей вместе. Но смогут ли они – горячие, эмоциональные, упертые и не умеющие строить отношения, сохранить то, что им дано свыше? Пройти огонь воду и медные трубы, опуститься на дно, ходить по граблям и наконец-то понять, что любовь начинается с любви и принятия себя. Но как это сделать? Сможет ли героиня снова почувствовать себя счастливой? Сможет ли спасти свой брак? Книга содержит неце
Во вступлении принято знакомить читателя с автором. Мне кажется, в данном случае это совершенно бессмысленно, поскольку сама книга познакомит с автором гораздо лучше всяческих выступлений.Книга приглашает вас во вселенную человека, умеющего жить не просто так, а увлеченно, присутствуя в каждом моменте своей жизни. Это качество позволяет автору не знать, что такое будни. Автор не указывает, что хорошо, а что плохо, – просто описывает ситуации из с
Марат Хасанович Валеев – автор и соавтор ряда сборников прозы и публицистики, изданных в Красноярске, Павлодаре, Кишиневе, Новокузнецке, Южно-Сахалинске, Екатеринбурге, Москве. Лауреат и дипломант ряда литературных конкурсов, в том числе «Золотое перо Руси», Общества любителей русского слова, «Рождественская звезда», имени Виталия Бианки, газет «Советская Россия», «Комсомольская правда». Член Союза российских писателей, живет в Красноярске.
Оригинальные произведения автора посвящены теме духовного поиска, любви, чудесам, делающим нашу жизнь ярче и интересней. Книга рассчитана на круг читателей, которым близок жанр легенд и притчей.
Обыкновенный город. Обыкновенные наши дни. Обыкновенный молодой человек снимает обыкновенную квартиру, в которой начинают происходить необыкновенные вещи.
Многие века между людьми и эльфами шла непримиримая борьба. И всякий остроухий, оказавшийся среди людей, неизбежно привлекал внимание Охотников. Почти пятнадцать лет полукровке Эриал Найт удавалось жить в неведении, пока смерть приемной матери и предательство друга не вынудили ее покинуть убежище и выйти в неспокойный мир. Но даже скрываясь от Охотников, Эри надеется на счастье. На пути к нему ей предстоит пережить немало приключений, влюбиться и