Muharrir Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muharrir Boxodir Xoshimovich Karimov
Muharrir Salim Madraximovich Otajonov
Illustrator Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov
Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muqova dizayni Sultonali Mukaramovich Abraxmonov
Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev
Taqrizchi, Fargona davlat universiteti kafedra mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Karimberdi Egamberdiyevich Onorqulov
Taqrizchi, “Kompyuter tizimlari” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Mamatiso Latibjanovich Djalilov
Korrektor Oqiljon Axmedovich G'ofurov
© Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov, 2022
ISBN 978-5-0059-2939-6
Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero
O’zbekiston Respublikasining taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin egallashi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish uchun fuqarolarning, ayniqsa ziyolilarni ma’naviy salohiyati, iqtisodiy o’zgarishlarni to’giri talqin qilishlari va bu jarayonlarni boshqara olishlari hamda XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob bera olishlari uchun o’quv maskanlarida sifatli kadrlarni etkazib berish masalasi dolzarb hisoblanadi. Shu borada «LaTeX ga kirish» fani ham kelajak mutaxassislarini zamon talabidan kelib chiqqan holatda matnli ma’lumotlarni innovatsion tamoyillar asosida qayta islash va chop etishga tayorlash texnologiyalari bo’yicha bilim va ko’nikma beradi.
Ushbu darslik xozirgacha mavjud adabiyotlar, maqola, taqdimotlar va ko’rsatmalar asosida tayyorlandi. Barcha foydalanilgan materiallar nomlari va manzillari ko’rsatib o’tildi. Darslikda keltirilgan har bir misol tizimda sinalgan.
Darslikdagi materiallar ketma-ketligi fan bo’yicha tavsiya etilgan fan dasturiga mos keladi. Har bir mavzudan keyin mavzu bo’yich nazorat savollari, topshiriqlar berilgan. Talaba mavzularni o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollarga mustaqil javob berishi va topshiriqlarni bajarishi yetarli. Bundan tashqari fan bo’yicha glossariy va test savollari to’plami berilgan. Shuning uchun o’quv qo’llanmadan fanni mustaqil o’rganuvchilar ham keng foydalanishi mumkin.
Respublikada ta’lim sohasidagi islohotlar olib borilayotgani ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning uzviy va hal qiluvchi yo’nalishlaridan biri ekanligini ko’rsatadi. Erkin demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, yuksak iqtisodiy taraqqiyotga erishish va aholi farovonligini ta’minlash kabi pirovard maqsadlarga ta’lim sohasini tubdan o’zgartirmasdan va zamonaviy asosda qayta qurmasdan turib erishib bo’lmaydi. Oliy o’quv yurtlarida tayorlanayotgan kelajak kadlarini zamon talablari asosida tayorlash mamlakatni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shlishida muxim omil bo’lib qolmoqda. Kelajak kadrlarini sifati, imkoniyatlari mutaxassislik fanlari tarkibiga bogliq. Shuning uchun o’quv reja tarkibiga fanlarni kiritishda fanni mutaxassisligidan kelib chiqilishi, uni zamon talabidan belgilanishi zarur. Har bir fan tarkibi soxani kelajakdagi yo’nalishiga mos bo’lish, mutaxasisni kelajakka tayorlab borish kerak. «LaTeX ga kirish» fani ham axborot kommunikatsiyalari soxasi mutaxasislariga ilmiy – matematik matnli informasiyalarni qayta ishlash, ifodalash va chop etishga tayorlash masalalarini yechishga tayorlashga qaratilgan. Fan «Axborot kommunikatsiyasi sohasida kasbiy ta’lim» bakalavr ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga asosiy fan sifatida kiritilgan. Lekin «LaTeX ga kirish» fani bo’yicha o’zbek tilida adabiyot mavjud emas. Shuning uchun fandan darslik tayorlanishi dolzarbdir.
Darslikni tayyorlashda ingiliz va rus tilida chop etilgan adabyotlardan foydalanildi. Asosiy adabiyot sifatida. 2003 yilda chop etilgan «С. М. Львовский, Набор и вёрстка в системе L A T E X ” qo’llanmasi olindi.
LaTeX tizimi matematika, kimyo, umuman texnika yo’nlishida maqola, kitob va boshqalarni standart ko’rinishlarda ifodalash uchun yaratilgan. U matematik ifoda, formula tenglamalarni muallif tomonidan kompyuterlarda qayta ishlashni tashkil etish uchun mo’ljallangan. Tizim matn tarkibiga tasvirlarni ixtiyoriy ko’rinishda kiritish, sodda chizmalarni chizish imkoniyatini ham beradi.
Darslikni asosiy maqsadi, tizimni o’rganuvchilarga maksimal sharoit yaratish maqsadida har bir mavzu aniq misollar bilan tushintirishga yo’naltirish bo’ldi. Misollar foydalanishga tayyor bo’lib, har biri kompanovka qilinib, olingan natijalar keltirilgan. O’rganuvch keltirilgan misollarni LaTeX tizimiga kiritib, natija olishi va o’zgarishlar kiritib tizim buyruqlarini misollar asosida amaliy o’zlashtirish imkoniyatiga ega.
1. «LATEX ga kirish» fanining mazmuni, predmeti va usullari
1.1. LaTeX dan foydalanish asoslari
LaTeX matnli ma’lumotlarni chop etishga tayyorlash, matnli informatsiyalarni qayta ishlash, bir joydan ikkinchi joyga matnli informatsiyalarni o‘zgarishsiz uzatish va saqlash uchun yaratilgan tizimdir. Bu tizimni asoschisi amerikalik matematik va dasturchi Donald Knutdir (Donald E. Knuth). U bu tizimni matematika yo‘nalishidagi ilmiy maqolalarni oson kompyuterga kiritish maqsadida o‘tgan asrni 70 yillarida yaratgan. U yaratgan tizim TeX deb atalgan. Kunt tizim tilini yaratishdan tashqari u uchun translyator dasturini ham yozgan. Yaratilgan tizimda tayyorlangan matnli informatsiyalar ko‘rinishi ixtiyoriy konfiguratsiyadagi kompyuterga kiritilganda ham o‘zgarishsiz qolgan. Keyinchalik tizimni makro birlashmalarga aylantirilgan va xozirgi xolatga yetib kelgan. Biz foydalanayotgan LaTeX tizimini Lesli Lemport (Leslie Lamport) tomonidan tashkil etilgan.
Xozirda LaTeX bilan birgalikda PlainTEX, AMS-TEX kabi ilovalar ham keng foydalanilmoqda. PlainTEX – asosan murakkab matnlarni qayta ishlash va boshqa ilovalarga matnlarni o‘tkazishni yengillashtiruvchi ilova sifatida qo‘llaniladi. U ham Donald Knut tomonidan yaratilgan.
LaTeX paketi yordamida turli ko’rinishdagi maqolalar, hisobotlar, taqdimotlar, bundan tashqari butun boshli kitoblarni yozish mumkin. Unda turli matematik formulalarni yozish juda qulay, shuningdek, jadvallar yaratish, havolalar bilan ishlash, raqamli va belgili ro’yxatlar hosil qilish kabi amallar avtomatlashtirilgan. Bundan tashqari, yana boshqa qo’shimcha paketlar ham bor bo’lib, ularning yordamida hujjat yaratish birmuncha oson va qiziqarli ko’rinishga keladi.
Paketning ilk versiyasi 1984-yilda Lesli Lemport tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi versiyasi LaTeX>2 deb nomlangan bo’lib, 1994-yilda yaratilgan.
Ushbu paket yordamida yaratilgan fayl kengaytmasi *. tex kengaytmaga ega bo’ladi. Hozirgi kunda zamonaviy analitik sistemalar, masalan, Maple, Mathematica, Maxima yoki Reduce kabi amaliy paketlarda yaratilgan hujjatni *. tex formatga o’tkazish imkoniyati mavjud.